13:24 / 08.05.2017
5464

YeXHT bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston tashrif buyurgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi Raisi Kristin Muttonen boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Vazir ta'kidlaganidek, YeXHT Parlament assambleyasi delegatsiyasining tashrifi mamlakatimizga va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga katta qiziqish mavjudligini tasdiqlaydi. 

Uchrashuvda 7-fevralda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish nuqtayi nazaridan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Muzokaralarda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor ishtirok etdi.

Mavzuga oid
Top