02:33 / 08.05.2017
6334

«Milan» o‘z uyida «Roma»ga yirik hisobda yutqazdi

Foto: AFP

Italiya A seriyasining 35-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Milan» «Roma»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Edin Djyeko tomonidan kiritilgan ikkita golga mezbonlar Pashalichning goli bilan javob qaytargandi. Biroq sobiq «Milan» futbolchisi Stefan Ash-Shaaraviy farqni oshirgan bo‘lsa, Daniele de Rossi penaltidan to‘p kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Roma» hisobidagi ochkolar soni 78taga yetdi va jamoa «Napoli»ni bir ochkoga ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Milan» esa 59 ochko bilan qoldi va musobaqa tugashiga uch tur qolganida Yevropa ligasi yo‘llanmasini beruvchi 5-o‘rindan 6 ochkoga ortda qola boshladi.

Italiya A seriyasi, 35-tur

Milan – Roma 1:4 (0:2)
Gollar: 
Pashalich (76) – Djyeko (8, 28), Ash-Shaaraviy (78), de Rossi (87, penalti).
Milan: Donnarumma, Paletta, Sapata, De Shilo, Vandjoni (Okampos, 69), Sosa (Gomes, 88), Pashalich, Deulofeu, Fernandes (Bertolachchi, 46), Suso, Lapadula.
Roma: Shchensni, Fasio, Emerson, Jyezus, Manolas, de Rossi, Paredes, Nainggolan (Grene, 72), Salax, Perotti (Ash-Shaaravi, 60), Djyeko (Bruno Peres, 84).
Ogohlantirishlar: Vandjoni (48), Lapadula (59), Bertolachchi (63), Manolas (63), Okampos (77).
Chetlatish: Paletta (86).

Top