17:01 / 08.05.2017
44938

Putin KGBdagi sobiq rahbarini ziyorat qildi

Foto: Kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘alaba kuni munosabati bilan SSSR davlat xavfsizligi qo‘mitasining Germaniya demokratik respublikasidagi sobiq vakili, Drezdenda o‘ziga boshliq bo‘lgan Lazar Matveyevni ziyorat qildi va uni 90 yoshi bilan tabrikladi. Uning Julebinodagi uyiga Putin bilan birga sobiq hamkasblari Nikolay Tokarev (hozirda «Transneft» kompaniyasi rahbari) va Sergey Chemezov (hozir «Rostex» boshqaruvchisi) ham tashrif buyurgan.

Vladimir Putin Matveyevga prezidentlik soati hamda «Pravda» nashrining 1927 yil 8 mayda chiqqan sonini sovg‘a qilgan.

Kreml saytidagi rasmiy ma'lumotga ko‘ra, Putin 1985-1990 yillarda GDRda tashqi razvedka bo‘yicha Drezden bo‘limida faoliyat yuritgan.

Top