10:12 / 08.05.2017
15087

Rossiyaning Qora dengizda cho‘kkan kemasida bo‘lgan o‘q-dori qutilari Turkiya sohillariga chiqib qoldi

Foto: Anadolu

Turkiyaning Sakaryo viloyati sohillariga Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining 27 aprelda Qora dengizda cho‘kib ketgan "Liman" razvedkachi kemasidagi o‘q dorilar solingan qutilar to‘lqin bilan chiqarib tashlandi. 

Qutini Qorasuv hududida baliqchilar aniqlashgan va bu haqda mahalliy ma'muriyatga xabar berishgan.

Bundan bir kun avval Kaynarja hududida "Liman"ga tegishli bo‘lgan ikkita o‘q-dorili quti aniqlangandi.

O‘rtacha o‘lchamdagi "Liman" kemasi Qora dengizda Togo bayrog‘i ostida kelayotgan yuk kemasi bilan to‘qnashib ketgandi.

Buning oqibatida kema shikastlanib, Turkiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati jamoasi kema ekipajini qutqarib olgandan 3 soat o‘tib cho‘kib ketgandi. To‘qnashuv Turkiya sohillaridan 18 dengiz mili uzoqligidagi Kilyos burni yaqinida yuz bergan.

Mavzuga oid
Top