11:50 / 09.05.2017
4496

Fransiya hukumati Parijdagi qochqinlar lagerini tozalashga kirishdi

Foto: Reuters

Fransiya hukumati Parij shimoli-sharqida joylashgan qochqinlar lagerini tozalashga kirishdi. Bu haqda Reuters agentligi politsiyaga asosan xabar bermoqda.

Port-de-la-Shapel tumanida o‘tkazilayotgan amaliyotda taxminan 350 nafar politsiyachi ishtirok etmoqda.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, lagerda taxminan mingga yaqin qochqinlar bor, ularning aksariyati Afrika va Afg‘onistondan bo‘lgan migrantlardir.

Top