00:27 / 09.05.2017
8552

Makron saylovlardagi g‘alabasidan keyin beshta davlat yetakchisi bilan suhbatlashdi

Foto: RIA

7 may kuni Fransiyada o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatning yangi prezidenti etib saylangan Emmanuel Makron AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya va Kanada rahbarlari bilan telefon orqali shaxsan gaplashdi. Bu haqda "Olg‘a" harakati bayonotiga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, Makron bir qator davlatlar yetakchilaridan, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan tabrik maktublari olgan. 

Mavzuga oid
Top