14:21 / 09.05.2017
5519

Tailand janubida ikkita portlash yuz berdi

Foto: Bangkok Post

Tailand janubida joylashgan Pattandagi savdo markazlarining birida ikkita portlash yuz berdi. Natijada kamida 20 kishi jabrlandi.

Bangkok Post’ning xabar qilishicha, hodisa Muang tumandagi savdo markazi yonida ro‘y bergan.

Straits Times ma'lumotiga ko‘ra, birinchi portlash do‘konda, ikkinchi esa – savdo majmuasi avtoturargohida, voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelganida yuz bergan.

Top