07:58 / 09.05.2017
4120

Tramp Yamanga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Foto: AP Photo / Alex Brandon

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Yaman hukumatining bir qator vakillariga nisbatan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy xabar bermoqda. 

"2012 yil 16 may kuni AQSh prezidenti 13611-sonli farmon bilan Yaman hukumatining bir qator a'zolari va boshqa shasxlar harakatlari tufayli AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga noodatiy va ekstraordinar xavf solinishi sababli favqulodda vaziyat tartibini kiritgandi", deb aytildi Trampning AQSh kongressi rahbarlariga yo‘llagan maktubida. 

Maktubda "bu harakatlar Yaman tinchligi va xavfsizligiga, jumladan mamlakatda siyosiy jarayon hamda hukumat va muxolifat o‘rtasidagi 2011 yil 23 noyabrdagi kelishuvlarning amalga oshirilishiga xavf solishi" ko‘rsatilgan.   

Trampning ta'kidlashicha, "bu harakatlar hali ham AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga xavf soladi". "Shu sababli men favqulodda vaziyat tartibini bir yilga uzaytiraman", deb aytgan Tramp.

Mavzuga oid
Top