22:07 / 09.05.2017
15976

Velosipedchi sherigi ortidan quvlagan ayiqni videoga oldi

Velosipedchi shlemiga o‘rnatilgan kamerada o‘rmonda sherigi ortidan quvgan ayiqni tasvirga oldi. Video Dusan Vinzik nomli foydalanuvchi tomondan YouTube’da joylashtirildi

Ushbu voqea Slovakiyadagi Malino Brdo tog‘ida sodir bo‘lgan. Kamera so‘qmoq bo‘ylab ketayotgan velosipedchi yonidan yugurib chiqqan ayiqni qayd qilgan.

Ayiq bir fursat velosipedchi ortidan so‘qmoq bo‘ylab quvlagan, so‘ngra o‘rmonga qaytib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Oldinda ketayotgan velosipedchi ayiq bilan yana to‘qnashib ketishdan qo‘rqib, ortga qaytgan. 

Top