22:59 / 10.05.2017
5774

Erdo‘g‘an AQSh kurdlarga qurol yetkazib berish qarorini o‘zgartirishiga umid qilmoqda

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vashingtonga borguncha, AQSh suriyalik kurdlarga qurol-aslaha yetkazib berish qarorini o‘zgartirishiga umid bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.    

Erdo‘g‘an matbuot-anjumanda "Turkiyaning ittifoqdoshlari terrorchilik tashkilotlari emas, balki Anqara tomonda turishiga ishonch hosil qilishni istashini" aytdi.

Erdo‘g‘anning Vashingtonga safari va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralari shu haftada amalga oshishi kutilmoqda.

Avvalroq Turkiya mudofaa vaziri Fikri Isik AQShning suriyalik kurdlarga qurol yetkazib berish qarori "NATO bo‘yicha ikki ittifoqdosh bo‘lgan Turkiya va AQSh o‘rtasidagi inqiroz" hisoblanishini aytgan. 

Top