18:17 / 10.05.2017
3752

Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri sobiq o‘rinbosari vafot etdi

Xitoy xalq respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri sobiq o‘rinbosari Tsyan Tsichen Pekin shahrida 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bergan.

Xabar qilinishicha, siyosatchi seshanba kuni vafot etgan.

Tsyan Tsichen Xitoy xalq respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida 1993 yildan 2003 yilga qadar ishlagan.

Bundan tashqari, u Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimini 1988 yildan 1998 yilga qadar egallagan.

Top