Nyu-Yorkda Ist-River kemalar o‘tish bo‘g‘ozi minglab litr neft mahsulotlari bilan ifloslandi. Bu Consolidated Edison energetika kompaniyasi obektida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida yuz berdi, deb xabar qilmoqda The New York Post.
«Ist-River bo‘ylab yo‘l neft bilan ifloslanish natijasida biroz sekinlik bilan kechadi», - deyiladi Nyu-York kema qatnovi xizmatining tvitterida.
Ta'kidlanishicha, tashkilot xodimlari barcha kemalar uchun yo‘lni to‘sib qo‘ygan holda “xavfsizlik zonalari”ni tashkil qilishdi. Hozirda qirg‘oq va suvni neftdan tozalash jarayoni davom etmoqda.
@nyc311 pretty sure there was an oil spill in the east river pic.twitter.com/4hQ9HIYpbR
— kroesser + strat (@kroesserstrat) May 7, 2017
Sohilni qo‘riqlash xizmati ma'lumotiga ko‘ra, suvga 37 ming gallon neft moyi (140 ming litr) to‘kilgan.