08:18 / 10.05.2017
10247

Oq uy Tramp va Lavrov uchrashishi vaqtini ma'lum qildi

Foto: REUTERS/Maxim Zmeyev/Lucas Jackson

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Larovni uning Vashingtonga safari davomida qabul qilmoqchi. Bu haqda Oq uy uchrashuvlari jadvalida aytilgan. 

Jadvalda ta'kidlanishicha, Tramp va Lavrov uchrashuvi Vashington vaqti bilan soat 10:30da (Toshkent vaqti bilan 19:30) Oq uyning Oval xonasida jurnalistlar ishtirokisiz o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Lavrov uch kunlik tashrif bilan AQShda qolmoqda. U 10 may kuni, shuningdek, AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan ham muzokara o‘tkazadi va shundan keyin Alyaskaga Arktika kengashi davlatlari vazirlik uchrashuvida ishtirok etgani jo‘naydi.

Mavzuga oid
Top