19:05 / 10.05.2017
7513

«Paxtakor» Masharipov va Krimetsni jamoaga qaytarib olmoqchi

Foto: «Paxtakor»

Katta o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turgan «Paxtakor» klubi rahbariyati yangi murabbiy qatorida, tarkibni ham kuchaytirishni maqsad qilgan, deb yozmoqda championat.asia.

Manbaning yozishicha, klub buning uchun birinchi navbatda ijarada to‘p surayotgan yetakchi futbolchilarni ortga qaytarib olishni ko‘zlagan. «Lokomotiv» OChLdagi ishtirokini yakunlangani bois, Jaloliddin Masharipovni yana ortga qaytarish «Paxtakor»ning birinchi raqamli vazifasi bo‘lib turibdi. Shuningdek, mavsum yakuniga yetishi bilan Yegor Krimets ham klubga qaytadi. U Xitoy klubida zaxirada qolib ketmoqda.

Bundan tashqari, «Paxtakor» akademiyasining yana bir tarbiyalanuvchisi, 2016 yildan buyon «Qo‘qon-1912» sharafini himoya qilib kelayetgan Javohir Sidiqov ham ikkinchi davradan poytaxtliklar jamoasi safida harakat qilishi mumkin.

Top