21:59 / 11.05.2017
5706

Britaniya politsiyasiga sun'iy intellekt yordamga kelmoqda

Kembrij universiteti professori Lourens Sherman bilan birgalikda Britaniyaning Darhem shahri politsiyasi HART (Harm Assessment Risk Tool) deb ataluvchi, qo‘lga olingan qoidabuzarlarning kelajakda zarar yetkazishi mumkinligi ehtimolini aniqlab beruvchi dasturni ishlab chiqishdi.

Dastur algoritmi 2008 yildan 2012 yilgacha tuzilgan, yana bir necha yil amaliy tajribalarga sarflangan. Huquq-tartibot xizmatlari vakillarining ishonchi komil: sun'iy intellektdan foydalanib, politsiyachi gumonlanuvchi bilan qanday harakatlar olib borishi kerakligi haqida bir qarorga keladi — uni izolyatorda olib qolish kerakmi yoki garov evaziga qo‘yib yuborish. Amaliyotda HART 88–98 foiz hodisalarda o‘zining samardorligini namoyish etib berdi.

HART qo‘lga olinganlarni sinflaydi, ularning kelajakdagi xatti-harakatlaridan keladigan potensial xatarlar darajasini aniqlaydi va jinoyatchi uchun qo‘llaniladigan optimal choralarni aniqlashda yordam beradi. Biroq, bunday dasturlar ustida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar sun'iy intellekt o‘z yaratuvchilarining fikrlash tarzi va hattoki ijtimoiy taassubchiligiga taqlid qiladi, shu sababli ularning xulosalarini xolis deb bo‘lmaydi, deya ogohlantirishmoqda. Pensilvaniya universiteti professori Keri Kolyaneze ko‘p yillardan buyon algoritmik yechimlarni o‘rganib kelmoqda, shu sababli HART ishlanmasidan faqat maslahatlashuv maqsadlarida foydalanish zarurligini ta'kidlamoqda — yakuniy qarorni hozircha baribir inson chiqarishi kerak.

Suratlar manbasi: 24gadget

Mavzuga oid
Top