08:39 / 11.05.2017
13302

Hindistonda to‘y vaqtidagi fojia oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Foto: http://timesofindia.indiatimes.com

Hindistonning Rajaston shtatidagi Bxaratpur tumanida to‘y marosimi o‘tayotgan tantanalar zali devorining bir qismi qulashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi va 28 kishi jarohat oldi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda. 

Voqea 10 may kechki vaqt yuz bergan. 

Politsiyachilarning ma'lum qilishicha, devor qulashiga chang bo‘roni sabab bo‘lgan. Odamlar devor bo‘laklari ostida qolib ketishgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqdalar. Ularning ishi yomon ob-havo sharoiti tufayli uzilib qolgan elektrning yo‘qligi sababli qiyin kechmoqda.   

Jarohatlanganlar mahalliy shifoxonalarga yetkazilganlar. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 11 erkak, 8 ayol va 4 bola bor. 

Top