09:09 / 11.05.2017
12304

Misli ko‘rilmagan tezlikda inventarizatsiya o‘tkazuvchi hisobchi foydalanuvchilarni hayratlantirdi (video)

Oziq-ovqat do‘konlaridan biriga tashrif buyurgan xaridor tomondan tasvirga olingan video 2 kun ichida deyarli 2 milliondan ko‘proq namoyish va 21 mingdan ko‘proq layk to‘pladi.

Videoning bosh qahramoni mahsulotlar inventarizatsiyasini o‘tkazuvchi hisobchi bo‘lib, uning inventarizatsiya o‘tkazishga mo‘ljallangan qurilmada sonlarni juda tez terishi tomoshabinlar va voqea guvohlarining hayratiga sazovor bo‘ldi.

Video muallifining aytishicha, u videoda ataylab hisobchining sonlarni terish sur'atini bir oz sekinlashtirib ko‘rsatgan. Uning fikricha, hisobchi bunday sur'at bilan bir daqiqa ichida 5 harflik so‘zlardan 80 tasini kirita olgan bo‘lardi. Biroq u sonlar bilan ishlayotgani sababli, u kiritayotgan belgilar soni ko‘proqni tashkil qiladi.  

Boshqa bir foydalanuvchi bu qurilmani bilishini va unda ishlash tajribasiga egaligini aytgan. Uning ta'kidlashicha, u bunday qurilma orqali mahsulotning soni va narxini kiritgan. Biroq, uning tan olishicha, u bunchalik tez ishlay olmagan.

Hisobchining aytishicha, u bu kasbda 30 yildan beri ishlaydi va shuning uchun shunday chaqqon ishlash malakasini hosil qilgan. U o‘z ishini xotirjamlik bilan bajarayotgan bir paytda yon-atrofdagilar uning qurilma tugmalarini juda tez bosishidan "jag‘lari osilib" qolgan.

Top