12:30 / 11.05.2017
7904

Tramp Oq uyda Ukraina TIV rahbarini qabul qildi

© AP Photo

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinni qabul qildi.

Ukrainaning AQShdagi elchixonasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida tomonlar Kiyev kelgusida ham Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi istiqbollari muhokama qilingan.

Uchrashuvda Tramp va Klimkindan tashqari Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy hamda AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens ishtirok etgan.

Tramp bilan uchrashuvdan oldin Klimkin Maykl Pens bilan muzokara o‘tkazgandi. Oq uydagilarning ma'lum qilishicha, Pens bu uchrashuvda Minsk kelishuvlari "Ukrainada tinchlik ta'minlanishi uchun eng to‘g‘ri yo‘l" ekanini ta'kidlagan. U "AQSh Ukrainaning hududiy daxlsizligini va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashda davom etishi"ni qo‘shimcha qilgan va Vashington Kiyev bilan Donbassdagi ziddiyatning bartaraf etilishi ustida ish olib borishini qayd etgan.

Ukraina hukumati 2014 yil bahorida Kiyevdagi davlat to‘ntaruvidan keyin o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan "LXR" va "DNR"ga qarshi harbiy harakatlar boshlagandi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida 10 ming kishi qurolli to‘qnashuvlar qurboniga aylangan. Minskda 2014 yil sentabrida kontakt guruhi ish boshladi va shu vaqtgacha bu ziddiyatni hal qilish borasida 3ta hujjat imzolandi. Ammo o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi sulhlardan keyin ham tomonlar bir-biriga hujumlar uyushtirib keladi.

Mavzuga oid
Top