08:20 / 12.05.2017
4037

4 oyda 13 kgdan ortiq giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkent shahar IIBB soha xodimlari tomonidan 2017 yil yanvar-aprel oylari va may oyining birinchi o‘n kunligi ichida 13 kg 525 gramm giyohvandlik moddasi musodara qilingan. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbirlarda shunday natijaga erishilgan. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda Doniyor Toshxo‘jayev shu haqda so‘z yuritdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, may oyi boshidan jami 33ta, hafta davomida 20ta holat aniqlandi. May oyi mobaynida 298 gramm giyohvandlik vositasi olingan,  5-11 may kunlari oralig‘ida esa 244 gramm giyohvandlik vositasi musodara qilingan.

Toshxo‘jayevning alohida ta'kidlashicha, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida yil boshidan 71ta giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari aniqlangan.

Top