Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Pedro Rodriges Angliya premer-ligasining aprel oyining eng chiroyli goli muallifi bo‘ldi. Bu haqda APL rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Chelsi» vingerining «Everton»ga qarshi uchrashuvda (3:0) kiritgan goli sovrin tashkilotchilari tomonidan eng chiroylisi deb topilgan.
.@_Pedro17_ has won the Premier League’s Goal of the Month award for the second time this season with this beauty against Everton! 👌 pic.twitter.com/JL0Dzf9xNC
— Chelsea FC (@ChelseaFC) May 12, 2017
Eslatib o‘tamiz, bungacha ham Pedro oyning eng chiroyli goli unvonini qo‘lga kiritgandi.