09:05 / 12.05.2017
11723

«Bunyodkor» murabbiylar shtabidagi o‘zgarish haqida ma'lumot berdi

Foto: PFL

«Bunyodkor» klubi murabbiylari shtabi tarkibi o‘zgargani haqida PFLga ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra murabbiylar shtabi tarkibi quyidagicha:
Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov (17.09.70)
Murabbiylar: Aleksandr Volkov (11.02.63), Shuhrat Maqsudov (14.09.70).

Avvalgi bosh murabbiy Sergey Lushchan va uning yordamchisi Muhitdin Ortiqov ro‘yxatdan chiqarib tashlandi.

«Bunyodkor»ning navbatdagi uchrashuvi Oliy Liganing 10-turi doirasida «Sho‘rtan»ga qarshi safarda bo‘lib o‘tadi.

Top