16:16 / 12.05.2017
59365

Zamonamizning 15 nafar eng boy kishisi

So‘nggi yillarda sayyoraning eng badavlat kishilari ro‘yxati jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Agarda avval ro‘yxatda asosan katta oilaviy davlat merosxo‘rlari bo‘lgan bo‘lsa, endi esa o‘zi boyligini mustaqil ravishda ishlab topganlar safi kengayib bormoqda. Shu bilan birga, ularning faoliyati yuqori texnologiyalar sohasi bilan bog‘liq. Aynan shu soha bugungi kunda turli servislar yaratuvchilariga juda katta pullarni olib kelmoqda.

Uoltonlar oilasi
130,59 milliard dollar

Aynan shu oila bir necha yildan beri dunyodagi eng yirik chakana savdo do‘konlari tarmog‘i – Volmartni boshqarmoqda. 1962 yilda Sem Uolton tomonidan tashkil etilgan tarmoq hozirga qadar o‘z egalariga juda katta mablag‘ keltirmoqda. Bu kapitallarning hozirda hayot bo‘lgan eng mashhur uch nafar egasi - Jim, Rob va Elis Uoltonlardir.

Bill Geyts
91,9 milliard dollar

Maykrosoft asoschilaridan biri va yirik aksiyadori dunyodagi eng saxovatpesha insonlardan biridir. U 16 marta dunyoning eng badavlat kishisi bo‘lgan.

Amansio Ortega
82,42 milliard dollar

Bu milliarder o‘sha paytdagi rafiqasi bilan Inditex kompaniyasiga asos solgan – unga dunyoning 88 davlatidagi 6750 do‘kon tegishli. Ortega futbol jamoalarini qo‘llab-quvvatlovchi yirik sarmoyador bo‘lib, mablag‘larini ko‘chmas mulk va tog‘-kon sanoatiga yo‘naltiradi.

Jyef Bezos
80,92 milliard dollar

Amazonni o‘ylab topgan inson hozirga qadar bu sensatsion kompaniya mevalaridan baxra olmoqda. Bezos shuningdek Blue Origin aerofazoviy kompaniyasiga ham asos solgan va uni boshqaradi hamda The Washington Post nashriyot uyi xo‘jayini sanaladi.

Uorren Baffet
79,96 milliard dollar

Uorren Baffetni uning sarmoyadorlik qobiliyati sabab sehrgar va uzoqni ko‘ra biluvchi, deb atashadi. U qachonlardir o‘zining boyligining yarmini beshta xayriya jamg‘armasiga berish haqida ma'lum qilgan.

Mark Tsukerberg
61,92 milliard dollar

Mark Tsukerbergni ortiqcha tanishtirishning hojati yo‘q. Uning Feysbuk orqali ishlab topgan puli emas, balki milliarderlarga xos bo‘lmagan yurish-turishi va o‘ziga xos umr yo‘ldoshini tanlagani jamiyatni ko‘proq qiziqtiradi.

Karlos Slim oilasi
59,71 milliard dollar

Asli kelib chiqishi livanlik bo‘lgan bu meksikalikning oilasi meros sifatida o‘tuvchi biznes timsolidir. Meksikada aynan Karlos Slimning sa'y-harakati bilan ta'lim va madaniyat rivojlanmoqda.

Larri Ellison
52,7 milliard dollar

Bu amerikalik ishbilarmon Oracle kompaniyasiga asos soldi va uni boshqarmoqda. Ellison shuningdek NetSuite kompaniyasining eng yirik aksiyadori hamdir, uni keyinchalik Oracle o‘z tarkibiga qo‘shib olgan. Ellison 4 marta uylangan, hamda hattoki ajrimlar ham uning moliyaviy imkoniyatlariga ta'sir ko‘rsatmadi.

Maykl Blumberg
50,62 milliard dollar

Bloomberg axborot agentligi asoschisi va egasi Maykl Blumberg Nyu-York shahrining 108-hokimi ham bo‘lgan. Bu biznes siyosatga yordam bergan kamsonli holatlardan biri.

Bernar Arno
45,69 milliard dollar

Arno Faxriy legion ordeni komandori va shu bilan birga, sayyoraning eng boy kishilaridan biri. Shuningdek, u Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti ham hisoblanadi. Bu fransuz Fransiyaning soliq siyosatidan qochish uchun Belgiyaga fuqarolik taqdim etish borasida murojaat qilgan.

Larri Peyj
34,2 milliard dollar

Peyj Sergey Brin bilan birgalikda Google qidiruv tizimini ishlab chiqdi va unga asos soldi. U hozirda kompaniyaning bosh ijrochi direktoridir. Ular Brin bilan birga Boing 767 katta yo‘lovchi samolyotini xarid qilishgan.

Sergey Brin
43,35 milliard dollar

Larri Peyj bilan Google’ga asos solgan Sergey Brin Moskva shahrida matematiklar oilasida tug‘ilgan. Ota-onasi AQShga ko‘chib ketganida u atigi 5 yoshda bo‘lgan. Brin ulardan juda minnatdor ekanini ko‘p bora aytib o‘tgan.

Lilian Betankur
41,28 milliard dollar

Betankur otasi asos solgan L’Oreal kompaniyasi bir qismiga egalik qiladi. Bugungi kunda aynan u dunyoning eng boy ayoli sanaladi. Uning oilasi gumanitar loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun xayriya jamg‘armasini tashkil qilgan.

Jyek Ma
26,7 milliard dollar

Jyek Ma, yoki Ma Yun (uning ismi aslida aynan shunday to‘g‘ri talaffuz qilinadi) Xitoyning eng boy kishisi sanaladi. U o‘z davlatini Alibaba Group kompaniyasi asoschisi va direktorlar kengashi raisi sifatida ishlab topgan.

Xorxe Pulo Lemann
31 milliard dollar

Lemann – Braziliyaning eng badavlat kishisi. U ilk milliardlarini piva yirik ishlab chiqaruvchisi aksiyalarini xarid qilib, ishlab topgan. Yaqinda esa ketchup ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Xaynts kompaniyasini sotib oldi.

Mavzuga oid
Top