16:53 / 12.05.2017
4724

Pokistonda portlash natijasida parlament spikeri o‘rinbosari jarohatlandi

Pokistonning Balujiston viloyatida ro‘y bergan kuchli portlash natijasida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya vakili Geo telekanali efirida xabar bergan.

Politsiyachilar ma'lumotiga ko‘ra, portlash natijasida ko‘plab insonlar jarohatlangan. Ularning aniq soni oshkor etilmadi, biroq, ma'lum bo‘lishicha, ular orasida Pokiston parlamenti yuqori palatasi raisi o‘rinbosari Abdul G‘ofur Haydariy ham bor. Aynan uning avtomobili hujum nishoni bo‘lgan.

Hozircha hujum aynan qanday amalga oshirilgani borasida aniq ma'lumot yo‘q.

Top