09:04 / 12.05.2017
12472

Tramp Lavrov bilan uchrashuvi ko‘plab hayotlarni saqlab qolishini aytdi

Foto: russian.rt.com

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi ko‘plab hayotlarni saqlab qolishda yordam berishini aytdi. U bu haqda NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"O‘ylaymanki, Lavrov bilan suhbatimiz a'lo darajada o‘tdi. U Suriya va Ukrainaga taalluqli bo‘ldi. Ehtimol, bu muhokama evaziga ancha kamroq odam o‘ldiriladi va u yakuniy hisobda, tinchlik o‘rnatishga imkon beradi", deb aytgan Tramp.

Tramp, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlash lozimligini ta'kidlab o‘tdi. 

Mavzuga oid
Top