15:06 / 12.05.2017
5209

Turkiya yangi raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi

Foto: Anadolu

Turkiya harbiylari Qora dengiz hududida Roketsan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan KAAN raketa tizimini muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bergan.

Raketa Sinop viloyati hududidan uchirilgan, u 280 kilometr masofa bosgan. Jarayonni Mudofaa vaziri Fikri Ishik va Turkiya mudofaa sanoati departamenti rahbari o‘rinbosari Ismoil Demir kuzatib turgan.

KAAN raketa tizimi Istanbuldagi IDEF-2017 xalqaro ko‘rgazmasida taqdim etilgandi.

610 millimetrli KAAN raketasi armiya bo‘linmalarini samarali qo‘llab-quvvatlay oladi. Unga o‘rnatilgan GPS va navigatsiya tizimi mo‘ljalga aniq yetib borishni ta'minlaydi. 

Top