10:42 / 13.05.2017
2714

Antonio Konte APLda o‘zining ilk mavsumida g‘olib chiqqan 4-murabbiyga aylandi

«Chelsi» Angliya Premer-ligasining 37-turi doirasida «Vest Bromvich Albion» bilan bahsda (1:0) g‘alaba qozondi. Shu tariqa, London jamoasi APL tarixida beshinchi bor va Angliya chempionati tarixida oltinchi bor chempion bo‘ldi.

«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte esa Premer-ligada o‘zining ilk mavsumida g‘olib chiqqan to‘rtinchi murabbiyga aylandi. Undan avval bu o‘ziga xos natijani Joze Mourinyu («Chelsi», 2004/05), Karlo Anchelotti («Chelsi», 2009/10) va Manuel Pellegrini («Manchester Siti», 2013/14) qayd etgandi.

Bundan tashqari, Konte APLda g‘olib chiqqan italiyalik to‘rtinchi mutaxassisga aylandi. Undan avval Anchelotti, Roberto Manchini va Klaudio Raneri ham g‘alaba nashidasini surishgan.

Top