02:16 / 13.05.2017
19309

«Chelsi» - Angliya chempioni!

Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda  markaziy uchrashuvda «Vest Bromvich» va «Chelsi» jamoalari maydonga tushishdi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida belgiyalik Mishi Batshuayi tomonidan kiritilgan gol londonliklarga kichik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi va bu jamoa uchun yetarli bo‘lgan uch ochkoni taqdim etdi.

Natijada 36 uchrashuvda 87 ochko to‘plagan «Chelsi» ikkita o‘yin qolgan premer-ligada muddatidan oldin chempion bo‘lish vazifasini uddaladi. Uchta o‘yin o‘tkazishi lozim bo‘lgan «Tottenhem»dan jamoa endilikda 10 ochko oldinga o‘tib oldi. Bu «Chelsi»ning premer-liga tashkil etilganidan buyon qo‘lga kiritgan beshinchi chempionligi bo‘ldi.

Angliya premer-ligasi, 37-tur

Vest Bromvich – Chelsi 0:1 (0:0)
Gol: Batshuayi (82).
Vest Bromvich: Foster, Makoli (Uilson, 64), Nom, Douson, Evans, Livermor, Fletcher, Fild (Yakob, 51), Makkleyn (Shadli, 59), Brant, Rondon.
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma, 86), Pedro (Batshuayi, 76), Fabregas, Azar (Villian, 75), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Makkleyn (20), Fild (36), Uilson (71).

 

Turning yana bir uchrashuvida  «Everton» «Uotford»ni qabul qilib, kichik hisobda zafar quchdi.

Everton – Uotford 1:0 (0:0)

Gol: Barkli (56).
Everton: Robles, Djagelka, Beyns, Xolgeyt (Valensiya, 46), Uilyams, Devis, Shnayderlin, Barkli (Berri, 80), Guyye, Miralyas (Kone, 86), Lukaku.
Uotford: Gomes, Predl, Mariappa, Xolebas, Kabasele (Suniga, 37), Kapu (Nyang, 81), Bexrami (Amrabat, 71), Dukure, Yanmat, Okaka Chuka, Dini.
Ogohlantirishlar: Behrami (39), Yanmat (39), Xolebas (70).

Top