15:35 / 13.05.2017
6614

Qirg‘iziston FVV tog‘li tumanlarda favqulodda holat tartibini joriy qildi

Foto: mes.kg

Qirg‘iziston janubida joylashgan Jalolobod viloyati Avletim qishloq okrugida tog‘ daryolarida suv sathi ko‘tarilishi sababli favqulodda holat tartibini joriy qildi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi

«11-12 may kunlari havo harorati keskin ko‘tarilgani hamda tog‘larda qorning erishi sababli daryolarda suv miqdori ko‘tarildi. Shu bilan Baykashka-Terek va Orol qishloqlarida suv toshqinlari xavfi oshdi. Bundan tashqari, Chon-Tosh qishlog‘idagi avtomobil ko‘prigining o‘ng tomonini suv yuva boshladi. Bu ko‘prik orqali 67 xo‘jalikka boriladi. Yuqorida qayd etilgan holat munosabati bilan Avletim qishloq okrugida favqulodda vaziyat tartibi joriy qilingan», — deyiladi xabarda. 

Suv toshqini tahdidi tufayli 15ta uyda istiqomat qiluvchi aholi ko‘chirilgan. FVV mutaxassislari mahalliy hokimiyat bilan birga daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini olib bormoqda. 

Top