Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko WBC reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ro‘yxatning birinchi o‘rnini Bermeyn Stivern egallab turibdi, chempion esa - Deontey Uaylder. Bu haqda WBC rasmiy sayti xabar berdi.
Klichko Entoni Joshuaga qarshi 29 aprel kuni ringga chiqqunga qadar WBC reytingiga kirmagan.