19:05 / 13.05.2017
4771

«Manchester Siti» katta qiyinchiliklar evaziga «Lester»ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida «Manchester Siti» amaldagi chempion «Lester»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida David Silva Leroy Sanening to‘p uzatishidan so‘ng hisobni ochdi. 36-daqiqaga kelib, aynan Leroy Sanega nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini Gabriel Jyezus aniq amalga oshirib farqni ikkitaga oshirdi. 42-daqiqada esa mehmonlarning yaponiyalik futbolchisi Shinji Okazaki farqni qisqartirgandi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar harchand urinishmasin gol kiritishning uddasidan chiqa olishmadi. Qiziq tomoni, 77-daqiqada mehmonlar vakili Riyoz Mahrez penaltidan gol kiritgandi. Biroq u to‘pni tepish jarayonida sirpanib ketdi va to‘pga ikki marta tegishga ulgurdi. Hakam mana shunday nozik vaziyatni payqay oldi va golni hisobga olmadi. Uchrashuv qo‘shib berilgan daqiqalar bilan birga 100 daqiqa davom etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Manchester Siti» 36 uchrashuvda 72 ochko to‘plab 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu turdagi o‘yinini endi o‘tkazadigan (lekin 36 o‘yin o‘tkazgan) «Liverpul»ni jamoa 2 ochkoga ortda qoldirib ketdi. 35 uchrashuv o‘tkazgan «Arsenal»ni esa Gvardiola shogirdlari 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Lester» esa bu mavsumdagi 17 mag‘lubiyatini tan olib 43 ochko to‘plagan holda 9-pog‘onada qolmoqda.

Angliya premer-ligasi, 37-tur

Manchester Siti – Lester 2:1 (2:1)
Gollar:
Silva (29), Gabriel Jyezus (36, penalti) – Okazaki (42).
Noaniq penalti: Riyoz Mahrez (77, Lester)
Manchester Siti: Kabalero, Otamendi, Kompani, Klishi, Fernandino, de Bryuyne (Sabaleta, 82), Ture, Silva, Sane, Sterling (Aguero, 78), Gabriel Jyezus (Navas, 90+4).
Lester: Shmeyxel, Benaluan, Chiluell, Simpson, Fuks, King (Amarti, 68), Ndidi, Olbrayton (Grey, 80), Mahrez, Okadzaki (Slimani, 73), Vardi.
Ogohlantirishlar: Benaluan (35), Kompani (50), Fuks (72), Olbrayton (79), Aguero (84), Silva (90+8).

Top