15:19 / 13.05.2017
10254

Mirziyoyev Pekindagi Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gul qo‘ydi

Foto: Wikipedia

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrining Tyananmen maydonidagi Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yodgorlik balandligi 37,94 metr, maydoni 3 ming kvadrat metr. Monumentga Mao Tszedunning «Xalq qahramonlariga abadiy sharaflar!» degan so‘zlari yozib qo‘yilgan. 

Shavkat Mirziyoyev Xitoy xalq qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.  

Top