15:51 / 13.05.2017
9898

Toshkent viloyatida talonchilik qilgan yigitlar ushlandi

Foto: TASS

Yoshlar o‘rtasida bu jinoyatga qo‘l urish ko‘p hollarda boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashish, jinoiy qilmishning oqibatini to‘la anglab yetmaslik yoki qasddan ushbu jinoyatga qo‘l urish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi. Kuzatishlarga ko‘ra, doimiy ravishda ko‘cha-ko‘yda bemaqsad yuradigan, mayda bezorilik sodir etishga moyil o‘smir va yoshlar tomonidan ushbu turdagi jinoyatlar sodir etilmoqda.

Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki nafar shovvozlar – 1992 yilda tug‘ilgan J.Mahmudov va 1996 yilda tug‘ilgan B.Boboyevlar (ismlari o‘zgartirilgan) 2017 yil 25 aprel kuni oqshom chog‘i ko‘chaning xilvat joyida 1993 yilda tug‘ilgan S.X ga hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatgan holda uning 700 000 so‘mlik “Samsung” rusumli qo‘l telefonini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib voqea joyidan yashirinishgan. 

Ushbu jinoyatni sodir etganligi uchun J.Mahmudov va B.Boboyevlar Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortildi.

Top