19:51 / 13.05.2017
6975

O‘zbekistonlik ikki sportchi “Islom birdamlik o‘yinlari”da bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Avval xabar berganimizdek, 12 may kuni Ozarbayjon poytaxtidagi Olimpiya stadionida IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. 

Bugundan esa "Islom birdamlik o‘yinlari"da medallar jamlanmasi o‘ynala boshlandi.

O‘zbekiston sportchilari hozircha ikkita medalni qo‘lga kiritdilar. Saidxon Sayfuddinov va Sakina Mamedova o‘q otish bo‘yicha bahslarda bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi medallar soni bo‘yicha hozircha oltinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Top