20:53 / 13.05.2017
10276

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdilar

Hindiston poytaxti Dehlida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida erkin kurash bo‘yicha 74 kg gacha vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Bekzod Abdurahmonov Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. U final bahsida qirg‘izistonlik raqibi Muslim Yevlayevdan ustun keldi.  

Foto: MOQ matbuot xizmati

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz, 97 kg gacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Magomed Ibragimov ham oltin medal sohibiga aylandi. Nomdor kurashchimiz finalda eronlik raqibi Husayn Lutfali Shahbozigazvarni 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Shuningdek, yunon-rum kurashchilarimiz Mo‘min Abdullayev (130 kg) va Rustam Assakalov (98 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. 

Dehlidagi Osiyo chempionati yakuniga yetgandan so‘ng o‘zbekistonlik kurashchilarning bir qismi  IV  “Islom birdamlik o‘yinlari”da ishtirok etish uchun Bokuga kelishadi.

Foto: MOQ matbuot xizmati
Mavzuga oid
Top