21:34 / 13.05.2017
8772

O‘zbekistonning "Islom birdamlik o‘yinlari"dagi dastlabki oltin medali karateda qo‘lga kiritildi

IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da karate bo‘yicha 60 kg gacha vazn toifasida final bellashuvi yakunlandi. Unda hamyurtimiz Sadriddin Saymatov turkiyalik Kayya Aykutga qarshi kurash olib bordi. Jang yakunlanishiga 2 soniya qolganida ham Sadriddin 1:2 hisobida orqada borayotgandi. Ammo so‘nggi soniyada u o‘zining aniq zarbasi evaziga ippon bahosi ishlab oldi va qo‘lga kiritilgan 3 ochko evaziga bahsni 4:2 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, oltin medal sohibiga aylandi. 

Saymatovning medali O‘zbekiston delegatsiyaning “Islom birdamlik o‘yinlari”dagi ilk oltin sovrini sifatida tarixda qoladi. 

Mavzuga oid
Top