11:56 / 14.05.2017
4324

A Seriya. "Milan"ning g‘alabasiz seriyasi 5ta o‘yinga yetdi

Italiya chempionatining 36-turida "Milan" "Atalanta" uyida safar qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Birinchi bo‘lim oxirlarida Konti mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Deulofeu 87-daqiqada hisobni tenglashtirib, jamoasiga 1 ochko keltirdi. 

Shu tariqa, "Milan"ning musobaqadagi g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi 5ta o‘yinga yetdi. 

Atalanta – Milan 1:1
Gollar:
1:0 – 44 Konti, 1:1 – 87 Deulofeu.
Atalanta – Berisha, Toloi, Kaldara, Masello, Konti, Kessie, Froyler, Spinatstsola, Kristante (Xatebur, 84), Petanya (Kurtich, 71), Gomes (Paloski, 90).
Milan – Donnarumma, Gomes, Sapata, Romanoli, Kutska (Bakka, 58), Suso, Montolivo, Pashalich (Bertolachchi, 78), De Shilo (Vandjoni, 90), Deulofeu, Lapadula.
Ogohlantirishlar: Toloi (35), Konti (45), Suso (51).

Top