18:16 / 14.05.2017
5845

Emirates'ning Dubay-Parij reysida yo‘lovchi ayol farzandli bo‘ldi

Foto: express.co.uk

Juma kuni Emirates'ning Parijga parvoz qilayotgan A380 samolyoti Kipr aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bunga parvoz vaqtida homilador ayolning farzandni dunyoga keltirishi sabab bo‘ldi. Bu haqida yakshanba kuni aviakompaniya xodimlari ma'lumotiga asoslanib, Gulf News xabar berdi. 

Yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan shoshilinch qo‘ndirilgan samolyot Larnaki Xalqaro aeroporti xodimlarini esankiratib qo‘ydi, ona va bola tibbiy evakuatsiya qilindi va zarur tibbiy yordam uchun yaqin oradagi shifoxonaga yetkazildi. 

"Emirates 2017 yilning 12 may kuni Dubay-Parij yo‘nalishidagi parvozni amalga oshirayotgan EK075 reysi bortida yo‘lovchi ayolning farzandli bo‘lganini tasdiqlaydi. Biz parvoz davomida ayolni qo‘llab-quvvatladik, uning salomatligi hamda xavfsizligi, shubhasiz, birinchi o‘rinda", - dedi Emirates vakili. - Natijada reys Larnaki Xalqaro aeroporti tomon yo‘nalishni o‘zgartirdi. Samolyot qayta quvvatlanib, taxminan 5 soatga kechikib Parijga parvoz qildi".

Emirates aeroporti siyosatiga ko‘ra, parvoz vaqtida yo‘lovchi salomatligi ustuvor hisoblanadi. 

Aviakompaniyaning tug‘uruq vaqti yaqin qolgan homilador ayollarning parvozga qo‘yilmasligiga doir qoidasiga qaramay, ayolning nima uchun samolyotda ko‘zi yorigani hozircha noma'lum. 

Foto: express.co.uk
Foto: express.co.uk
Top