00:38 / 14.05.2017
6979

Eron va Turkmaniston chegaralari yaqinida zilzila yuz berdi

Foto:Flickr / Matt Katzenberger

Eron va Turkmaniston chegaralari yaqinida 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar bermoqda AQSh geologik xizmati.  

Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 22.31 da (Toshkent vaqti bilan 23.01da) qayd qilingan. Zilzila markazi Eronning Bojnurd shahridan shimolga tomon 42 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 12,4 km yer ostida bo‘lgan. 

Ayni vaqtda zilzila oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Top