20:00 / 14.05.2017
5033

Kuytning het-trigi «Feyyenoord»ga g‘alaba va 18 yil ichidagi ilk chempionlikni keltirdi

Foto: Reuters

«Feyyenoord» Niderlandiya Erediviziyasining yakuniy uchrashuvida «Herakles»ni qabul qildi va g‘alaba qozonib, 2016/17 yilgi mavsum chempioniga aylandi.

Birinchilik turnir jadvalida «Feyyenoord» «Ayaks» bilan oradagi bir ochkolik farqni saqlab qoldi. Uchinchi o‘rinni «PSV Eyndxoven» egalladi.

Oxirgi tur uchrashuvida mezbonlarning tajribali futbolchisi, ayni vaqtda 36 yoshda bo‘lgan hujumchi Dirk Kuyt 3ta gol urdi.

Rotterdamliklar jamoasi oxirgi 18 yil ichida ilk marta chempion bo‘lmoqda, jamoa oxirgi marta 1998/99 yilgi mavsumda birinchi o‘rinni egallagandi, bu jamoa tarixidagi 15-chempionlik bo‘ldi. 

Niderlandiya chempionati
34-tur

Feyyenoord – Herakles 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 1 Kuyt, 2:0 – 12 Kuyt, 3:0 – 84, penalti Kuyt, 3:1 – 89 van Oyyen.
Feyyenoord – Jons, Bottegin, Kongolo (Nelom, 53), Niukop (Karsdorp, 81), van der Heyden, Kuyt, Tornstra, Bergeys, Al-Ahmadiy, Elia (Basajiko‘g‘li, 76), Yorgensen.
Herakles – Kastro, Xogma, te Virik, Breykers, Fledderus, Niyemeyyer (van Oyyen, 74), Pelupessi, Kuyvas, Bryuns (Propper, 82), Peterson (Darri, 80), Armenteros.
Ogohlantirishlar: Bryuns (29), van der Heyden (38), te Virik (83), Kuyt (84).

Top