10:44 / 14.05.2017
22393

Prezident davlat telekanallari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha komissiya tashkil qildi

Foto: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

O‘zbekiston prezidenti tomonidan Milliy teleradiokompaniya faoliyati chuqur o‘rganib, xorijiy tajriba asosida telekanallar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadigan komissiya tuzildi.

Komissiyaning asosiy vazifasi sifatida sohada mavjud bo‘lgan kamchiliklarni hamda xorijiy telekanallar tajribasini yaqindan o‘rganib chiqish va teleradiouzatish tizimining samaradorligini tubdan oshirish belgilangan.

Komissiya O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyati bo‘yicha maxsus so‘rovnoma o‘tkazadi.

Barcha bu borada hamkorlik qilishi va milliy teleradiokompaniya faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi o‘z takliflarini bildirishi mumkin. Barcha takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Takliflar ushbu havola orqali yo‘llanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, prezident matbuot kotibi Asad Xo‘jayev OAV bilan uchrashuvida ayni damda Milliy teleradiokompaniya faoliyatini takomillashtirish uchun konsepsiyani ishlab chiqish bo‘yicha keng qamrovli ish olib borilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Top