14:37 / 14.05.2017
10160

Putin savdo-sotiqni soddalashtirish bo‘yicha Yevroosiyo bitimi tuzishni taklif etdi

Foto: RIA "Novosti"

«Mintaqa davlatlari o‘rtasida savdo-sotiq jarayonlarini soddalashtirish uchun Yevroosiyo bitimini tayyorlash kerak», — degan bugun RF prezidenti Vladimir Putin Pekindagi «Bir makon, bir yo‘l» forumidagi chiqishida.

«Bu o‘rinda Butunjahon savdo tashkilotining zalvorli va qimmatli tajribasiga tayanish mumkin. Fursatdan foydalanib, 2017 yil fevralida Butunjahon savdo tashkilotining mahsulotlar harakati yo‘lidan to‘siqlarni olib tashlash haqidagi bitimi kuchga kirganini eslatib o‘tmoqchiman. Albatta, biz bu nizomlarni rivojlantirishimiz kerak savdo jarayonlarini soddalashtirish borasida yanada ilg‘or Yevroosiyo bitimini tayyorlashimiz kerak», — degan Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, RF hamkor-davlatlar hududida qo‘shma korxonalar qurish uchun investitsiyalar kiritishga tayyor.

«Ta'kidlab o‘tishim joizki, Rossiya nafaqat savdo-sotiq qilish, shuningdek, hamkor-davlatlar hududida qo‘shma hamda yangi ishlab chiqarish korxonalari, sanoat ishlab chiqarishni, mahsulotlarni o‘tkazish va ularga xizmat qilish ishlarini rivojlantirishga investitsiya kiritish uchun tayyor», — degan RF prezidenti.

Top