00:47 / 14.05.2017
4317

RFPL. «Lokomotiv», «Zenit» va «Spartak»da g‘alaba

Rossiya premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan «Spartak» Permda «Amkar» mehmoni bo‘lib Aleksandr Samedovning yagona goli evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Zenit» Samarada Artyom Dzyubaning dubli va Xavi Garsiyaning goli evaziga g‘alaba qozonib, YeChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan TsSKA bilan oradagi farqni bir ochkogacha qisqartirdi.

«Lokomotiv» esa «Orenburg»ni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov maydonga tushmagan bo‘lsa, yarimhimoyachi Vadim Afonin mehmonlar tarkibida 58 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi.

Yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Krasnodar» esa «Ural» uyida so‘nggi daqiqada kiritilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishning uddasidan chiqdi.

Rossiya premer-ligasi, 28-tur

Ural – Krasnodar 1:1 (1:0)
Gollar:
Naldo (42, avtogol) – Klasson (90).
Ural: Arapov, Kulakov, Balajits, Tabidze (Novikov, 37), Dantsev, Pavlenko (Fidler, 58), Yemelyanov, Manucharyan (Lungu, 68), Bikfalvi, Dimitrov, Ilin.
Krasnodar: Sinitsin, Kaleshin (Ramires, 76), Naldo, Grankvist, Torbinskiy, Gazinskiy, Kabore, Pereyra (Joaozino, 61), Jigulev (Mamayev, 46), Klasson, Vanderson.
Ogohlantirishlar: Pereyra (50), Naldo (64), Grankvist (90).

Amkar – Spartak 0:1 (0:0)
Gol:
Samedov (50).
Amkar: Xomich, Zaytsev, Zanev, Balanovich (Kostyukov, 60), Milkovich, Gasilin, Gol, Idovu, Komolov (Salugin, 78), Bodul, Gigolayev (Prokofev, 86).
Spartak: Selixov, Kutepov, Bokketti, Djikiya, Tigiyev, Glushakov (Timofeyev, 72), Samedov, Leontev, Melgarexo (Promes, 58), Ananidze, Luis Adriano (Ze Luish, 58).
Ogohlantirish: Zanev (76).

Krilya Sovetov – Zenit 1:3 (0:3)
Gollar:
Ivanovich (55, avtogol) – Dzyuba (1, 8), Garsiya (35).
Krilya Sovetov: Loriya, Zotov, Bato, Bojin, Yatchenko, Miyaylovich (Nadson, 43), Zinkov (Bashkirov, 43), Tkachev (Zuyev, 76), Paskuato, Bryuno, Kornilenko.
Zenit: Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Krishito, Jirkov (Netu, 77), Tsallagov, Garsiya, Mollo (Kokorin, 63), Juliano, Danni (Ernani, 85), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Bato (39), Bojin (59), Zotov (81).

Lokomotiv – Orenburg 4:0 (1:0)
Gollar:
Ari (37, 50), Mixalik (72), Fernandesh (85).
Lokomotiv: Gilerme, Mixalik, Peychinovich, Kverkveliya, Tarasov, Igor Denisov, Fernandesh, Loskov (Miranchuk, 13), Ignatev (Rotenberg, 81), Maykon, Ari (Miranchuk, 73).
Orenburg: Rudenko, Poluyaxtov, Andreyev, Sivakov, Vadim Afonin (Vorobev, 58), Malyx, Georgiyev, Dragun, Parnyakov (Yefremov, 78), Lobjanidze, Dyurish (Koronov, 69).
Ogohlantirishlar: Georgiyev (16), Tarasov (32).

Mavzuga oid
Top