15:30 / 15.05.2017
7491

APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da'vogar futbolchilar ma'lum bo‘ldi

Angliya Premer-ligasining 2016/17 yilgi mavsumda eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da'vogar bo‘lgan futbochilar nomi e'lon qilindi. Tashkilot rasmiy tvitteri bergan ma'lumotga ko‘ra, bu nomga bir yo‘la sakkiz futbolchi da'vogar bo‘lib turibdi.

APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlardan uch nafardan «Chelsi» va «Tottenhem» vakillari joy olgan bo‘lsa, «Everton» va «Arsenal»dan bittadan nomzod bor.

Nomzodlar:
Dele Alli («Tottenhem»), Sesar Aspilikueta («Chelsi»), Kristian Eriksen («Tottenhem»), Eden Azar («Chelsi»), N'Golo Kante («Chelsi»),  Romelu Lukaku («Everton»),  Aleksis Sanches («Arsenal») va Yan Vertongen («Tottenhem»).

Eslatib o‘tamiz, chempionat tugashiga ikki tur qolganida «Chelsi» chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Top