23:11 / 15.05.2017
14358

«Arsenal» kuchli himoyachini tekinga qo‘lga kiritdi

Foto: twitter.com/@Squawka

«Shalke» himoyachisi Sead Kolashinats faoliyatini «Arsenal»da davom ettiradi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasining 23 yoshli himoyachisi jamoasi bilan shartnomasi muddati tugashi tufayli 1 iyul kuni erkin agent sifatida londonliklar klubi safiga o‘tadi.

Bundan oldingi xabarlarda «Arsenal»  Kolashinatsga haftasiga 140 ming yevro to‘lashni nazarda tutuvchi shartnoma taklif etgani aytilgandi.

Kolashinatsga «Milan» va «Manchester Siti» jamoalari ham talabgor edi.

Top