00:06 / 15.05.2017
23484

Boku-2017. Yana uchta medal qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobidan 3-o‘ringa ko‘tarildi

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning uchinchi kungi musobaqalari davom etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘armasi yana ikkita oltin va bitta kumush bilan boyidi. Bu haqda MOQning telegramdagi rasmiy kanali xabar tarqatdi.

Para-dzyudochilar Shuhrat Boboyev va Shirin Sharipovlar oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Feruz Saidov kumush medalga ega chiqdi.

Natijada O‘zbekiston terma jamoasi qo‘lga kiritgan medallar soni 21taga yetdi va terma jamoamiz umumjamoa hisobida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Delegatsiya vakillari qo‘lga kiritgan 21 medalning beshtasi oltin, 4 kumush va 12 bronzadan iborat.

Mavzuga oid
Top