16:10 / 15.05.2017
5421

Boku-2017. O‘zbekistonlik tennischilar jamoasi bronza medal oldi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Boku mezbonlik qilayotgan «Islom birdamlik o‘yinlari»da tennis bo‘yicha finalga chiqa olmagan O‘zbekiston vakillari bronza medal uchun bahsda Iordaniya vakillariga qarshi kortga chiqishdi.

Yarim finalda Turkiyaga yutqazgan o‘zbekistonlik tennischilar Saida'lo Saidkarimov va Sergey Fomin iordaniyalik raqiblarini osonlik bilan mag‘lub etishdi va terma jamoa hisobiga o‘n uchinchi bronza medalni keltirishdi.

Mavzuga oid
Top