09:10 / 15.05.2017
9769
Britaniyalik dasturchi o‘zi bilmagan holda WannaCry virusi tarqalishini to‘xtatdi

Butun dunyo bo‘ylab 200 mingdan ortiq kompyuterni zararlagan tovlamachi-virus Wanna Cry virusini iuqerfsodp9ifjaposdfjhgosurijfaewrwergwea.com domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan to‘xtatishga muvaffaq bo‘lindi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

@MalvareTechBlog taxallusli dasturchi o‘zining hamkasbi Darian Xass bilan virus yuqorida keltirilgan manzil bo‘yicha murojaat qilayotganini aniqlashdi va virusning faolligini kuzatish uchun bu domen nomni ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qilishdi. Aniqlanishicha, ushbu manzil virusni to‘xtatish talab qilinadigan holat uchun uning kodiga kiritilgan bo‘lgan.

"Endi men o‘z rezyumeimga tasodifan xalqaro kiberhujumni to‘xtatganimni yozishim mumkin", deb yozgan dasturchi.

Shu tariqa hujumni to‘xtatishga vaqtinchalik muvaffaq bo‘lindi, chunki xakerlar virusdagi manzilni o‘zgartirishlari bilan kiberhujum davom etishi mumkin. 

12 may kechki payt butun dunyodan kompyuterlarning shifrlovchi-dastur tomondan zararlangani haqida ma'lumotlar bildirila boshlagan. Dastur kompyuterdagi barcha fayllarni ochib bo‘lmaydigan qilib shifrlab qo‘ygan. Xakerlar fayllarni asl holatiga qaytarish uchun bitkoinlarda tovon puli talab qilishgan. 

Top