17:00 / 15.05.2017
75337

Fotojamlanma: Prezidentning Xitoyga 5 kunlik safari

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning 11-15 may kunlari davomida Xitoy poytaxti Pekin shahriga qilgan safari yakuniga yetmoqda. Prezidentning 11-12 may kunlarida amalga oshirilgan rasmiy davlat tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari ko‘rib chiqilib, qator hujjatlar imzolandi.

14 may kuni esa Pekinda «Bir makon - bir yo‘l» forumi boshlanib, 29 mamlakat rahbarlari qatori unda O‘zbekiston rahbari ham ishtirok etdi.

Quyidagi fotojamlanmada prezidentning Xitoyga safaridagi asosiy uchrashuvlar va muzokaralar eslab o‘tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi. Prezident va rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyevani «Shoudu» xalqaro aeroportida Xitoy rasmiylari kutib olishdi.

Shavkat Mirziyoyev Pekindagi Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy rahbari Si Jinping faxriy qorovul oldidan o‘tmoqda.

Si Jinping va rafiqasi Shavkat Mirziyoyev hamda Ziroatxon Mirziyoyevani qabul qilmoqda.

Si Jinping va rafiqasi Shavkat Mirziyoyev hamda Ziroatxon Mirziyoyeva bilan

Shavkat Mirziyoyev va Si Jinpingning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasida keng doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifi bilan kelishi munosabati bilan bayramona dasturxon yozildi. 

Shavkat Mirziyoyev xitoylik ishbilarmonlarni O‘zbekistonga taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjan Detszyan bilan uchrashdi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashdi.

Prezident Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Van Ilinni qabul qildi. 

Shavkat Mirziyoyev Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi faoliyati bilan tanishdi.

«Bir makon —  bir yo‘l» forumi doirasida Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Bir makon — bir yo‘l» forumida ishtirok etayotgan davlat rahbarlari va ularning rafiqalari (Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva ikkinchi qatorda) 

«Bir makon — bir yo‘l» forumi doirasida davlat rahbarlarining doira stol atrofidagi uchrashuvi o‘tkazildi

 Forum ishtirokchilari esdalik uchun suratga tushishdi.

Top