17:30 / 15.05.2017
15528

Ikki nafar sobiq elchi senator bo‘ldi

2017 yil 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati

Majlisda Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida joriy yilning 13 may kuni davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari saylovi bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Alisher Kurmanov va Botirjon Asadovni Oliy Majlis Senati a'zolari etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Majlisda Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Kurmanov avvalroq O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi bo‘lib ishlagan bo‘lsa, Botirjon Asadov – O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimini egallagan. 

Top