15:00 / 15.05.2017
53248

Toshkent davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

Sadritdin Maxamatdinovich Turobjonov Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumot universitet rasmiy saytida berilgan.
 
U bu lavozimda TDTUni 2016 yildan beri boshqarib kelgan Rizayev Farhod Hamidullayevichni almashtirdi. 
 
Ta'kidlab o‘tish joizki, 52 yoshli texnika fanlari doktori, professor Sadritdin Turobjonov avval Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti rektori sifatida ishlagan. 1996 yildan 2003 yilga qadar aynan Toshkent Davlat texnika universitetining o‘quv ishlari buyicha prorektor lavozimida ham faoliyat yuritgan. 

Mavzuga oid
Top